Samarqand davlat universitetiga Ikkinchi O’zbekiston-Turkiya ta’lim forumi doirasida Burdur Mehmet Akif Ersoy universiteti rektori Huseyin Dalgar tashrif buyurdi. Martabali mehmon bilan SamDU rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov uchrashdi.

    Muloqotda xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar o‘rtasida agrobiotexnologiyalar, kimyo, fizika, oziq-ovqat, qishloq xo’jaligi sohalarida tadqiqotlar olib borishga kelishildi.

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati,

    Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.