Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov Jomboy tumanida joylashgan SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.  

    Rustam Xolmurodov talabalar bilan suhbatda institutda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida batafsil maʼlumot berdi. Bugungi kunda zamonaviy o‘quv binolari, talabalar turar-joyi,  laboratoriyalar qurilishi jadallik bilan olib borilmoqda.

    Oziq-ovqat xavfsizligi jamiyat uchun dolzarb muammolardan biridir. Agrar sohani rivojlantirmasdan turib, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish imkoni yo‘q. Buning uchun avvalo, malakali mutaxassislar tayyorlash lozimligi alohida taʼkidlandi.

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati,

    Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.