“Registon: uch madrasi tarixi” nomli o’quv qo’llanma o’zbek, rus, turk va ingliz tillarida nashr etildi.

    Bugungi voqelik tarixiy merosimizni chuqur, har tomonlama o’rganimishizni taqozo qilmoqda. Samarqand o’zining inshootlari bilan turist sayyohlarining diqqat e’tiborini tortib kelmoqda. Ma’lumki, Registon maydoni ta’lim maskanlari tarixini o’zida jamlagan shahrimizning noyob gavharidir.

    Ushbu o’quv qo’llanmada uch madrasa: Mirzo Ulug’bek, Sherdor va Tillakori tarixiga oid ma’lumotlar jamlangan. Bu ma’lumotlar turizm bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar gid-tarjimonlar va keng kitobxonlar ommasi uchun mo’ljallangan.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.