Samarqand davlat universiteti yadro fizikasi va astronomiya kafedrasi mudiri, professor Rashid Eshbo'riyev hamda Inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boshqarish instituti direktori o'rinbosari, dotsent Umarbek Eshbo'riyevlarning shu nomdagi uslubiy qo'llanmasi nashr etildi.

    Ikki qismdan iborat mazkur qo'llanmada bugungi kunda dolzarb bo'lgan ekologik muammolar, atrof-muhitning ifloslanishi, ifloslanishning asosiy turlari, tabiiy va texnogen ifloslanishlar, jumladan fizikaviy va kimyoviy ifloslanishlar, texnogen shovqinlar, vibratsiya, elektromagnit maydon, issiqlik nurlanishi, ularning manbai, tabiiy va antropogen ifloslanishlarning biologik ta'siri va ulardan himoyalanish vositalari keltirilgan.

    Qo'llanma tabiiy fanlar yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, global ekologik muammolar va ularni bartaraf qilish, ekologik vaziyatni yaxshilash borasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar va shu jumladan barcha qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.