Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti talabalariga Vengriyaning Debretsen universiteti professori Szabo Gergely bir oy mobaynida GAT texnologiyalari fanidan dars mashg’ulotlarini olib bordi.

    Talabalar bu vaqt mobaynida qishloq xo’jaligida zamonaviy yo’nalishlardan hisoblangan GAT texnologiyalari bo‘yicha ma’ruzalar tingladilar. Dars mashg‘ulotlarida geoinformatika tizimlarini yaratish, 3D modellashtirish, sun’iy yo‘ldosh orqali masofadan turib zondlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar olib borishdi.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.