Bayram tadbiri Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan tanishuvdan boshlandi.

    O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.

    Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari hamda mehmonlarni bayram bilan tabrikladi.

    Bayram tantanalarida samarali faoliyat ko‘rsatgan 61 nafar professor-o‘qituvchi hamda xodimlarga pul mukofotlari va universitet Kasaba uyushmasining esdalik sovg‘alari berilganligi eʼlon qilindi.

    Konstitutsiya bayrami   pedagogika taʼlimi fakulteti o‘qituvchi va talabalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar bilan davom etdi.

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati.