Bir kishi Prezident stipendiyasi, 10 talaba Navoiy, 1 talaba Islom Karimov va 2 talaba Ulug'bek nomli davlat stipendiyalariga sazovor bo’ldi.

    Saidmuhammad Ibodullayev, SamDU yuridik fakulteti talabasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibi:

    - O’tgan o’quv yilida Navoiy nomli davlat stipendiyasi sohibi bo’ldim. 2022-yil “Yil talabasi” respublika ko’rik tanlovida faxrli ikkinchi o’rinni egalladim. “Eng yaxshi saylov jarayoni bilimdoni” respublika ko’rik tanlovi g’olibiman. Ayni paytgacha ilmiy tadqiqot natijasida 27 ta maqolam xalqaro jurnal va konferensiya to‘plamlarida nashr etilgan. Chet tilini bilish darajasi bo’yicha xalqaro IELTS 7.0 (C1) sertifikatini qo’lga kiritdim. Ingliz tilida erkin muloqot qila olaman. Erishgan natijalarim sabab, Prezident stipendiyasi sohibi bo‘ldim.  Bunda domlalarim ko‘rsatgan yo‘l va bergan maslahatlarining o‘rni beqiyos. Ayniqsa, ilmiy rahbarim maxsus huquqiy fanlar kafedrasi mudiri, dotsent Davlat Qurbonovdan minnatdorman. Bu men uchun unutilmas kunga aylandi…

    Ozoda Abdullayeva, SamDU filologiya fakulteti talabasi, Navoiy nomli davlat stipendiyasi sohibi:

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.