Samarqand davlat universitetiga Xitoyning Shinjon tibbiyot universiteti rektori Haji Akber Aisa boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Martabali mehmonlar bilan Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov uchrashdi.

    Muloqotda hamkorlik masalalari muhokama qilindi. SamDU Biokimyo instituti va Shinjon tibbiyot universiteti farmatsevtika instituti o‘rtasida birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar muhokama qilindi.  Kadrlar almashinuvini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi. Muloqot so‘ngida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Samarqan davlat universiteti

Axborot xizmati.