Samarqand davlat universiteti Inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boshqarish institutida “Raqamli iqtisodiyotda turizm sohasi rivojlanishining hududiy xususiyatlari, shart-sharoitlari va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro  konferensiya o'tkazildi. 

    Anjumanda Yongnam universiteti (Janubiy Koreya), Xosey universiteti (Yaponiya), Tomsk davlat universiteti (Rossiya), Buyuk Pyotr nomidagi Politexnika universiteti (Rossiya), Samarqand viloyat hokimligi,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Samarqand hududiy filiali, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilan hamkorlikda bo'lib o'tdi.
    Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya respublikamizda turizmni barqaror rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida amalga oshirilmoqda. Konferensiyada ko'zlangan maqsad raqamli iqtisodiyot sharoitida turizm sohasi rivojlanishining hududiy xususiyatlari, shart-sharoitlari va istiqbollarini tadqiq etish bilan bog‘liq ilmiy muammolar yechimiga qaratilgan.
    Konferensiyada Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Polsha, Germaniya, Hindiston, Rossiya va Tojikiston kabi 10 ga yaqin davlat universitetlarining professor-o‘qituvchilari hamda turizm sohasi bo'yicha mutaxassilar tomonidan taqdimot qilingan mavzular muhokama qilindi. 
Konferensiyada hududiy turizmning rivojlanish xususiyatlari, omillari va shart-sharoitlari, turizm sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, turizm va rekreatsiya sohasida innovatsion faoliyatni rivojlantirish istiqbollari, mehmonxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llari, raqamli iqtisodiyotga o‘tish sharoitida turizm sohasini rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlashning hududiy xususiyatlari va istiqbolli yo‘nalishlari hamda xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari kabi masalalar muhokama qilinishi belgilangan.

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.