Yaponiyaning Tottori universitetida bo’lib turgan SamDU talabalariga tuproq va o’simlik namunalarini zamonaviy emission spektrometr (ICPE) uskunasi yordamida tahlil qilish usullari o’rgatildi. Bunda talabalar tuproq tarkibidagi uglerod va azot miqdorini aniqlash bo’yicha kimyoviy tahlil usullari bilan tanishtirildi. 
Tottori universitetining Qurg’oqchil mintaqalarni tadqiq qilish markazidagi mazkur laboratoriya eng so’nggi zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Shuningdek, tuproq va o’simlik namunalarida yuqori aniqlikda tahlillar olib borish imkoniyatiga ega. Dunyoning qator davlatlaridan tashrif buyurgan tadqiqotchilar ushbu laboratoriyada turli tahlillarni amalga oshiradilar.
    Talabalarimiz tomonidan zamonaviy tahlil usullari bo’yicha egallangan bilim va ko’nikmalar Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutidagi     Agrobiotexnologiyalar transferi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida tatbiq etiladi. Ushbu laboratoriyada ham zamonaviy emission spektrometr (ICPE) uskunasi mavjud bo’lib, talabalar Yaponiyadan o’rgangan bilimlaridan institut laboratoriyasida to’g’ridan-to’g’ri foydalanish imkoniga ega bo’ladilar.

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.