Samarqand davlat universitetiga Malayziyaning UMT universiteti (University of Malaysia Terengganu) rektori Dato‘ Mazlan Abd Ghaffar boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Martabali mehmonlar bilan SamDU rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov uchrashuv o‘tkazdi.

    Ikki tomonlama olib borilgan muzokaralarda ta'lim va ilmiy tadqiqot sohasida hamkorlik memorandumini imzolash, ta’lim sohasiga oid grand loyihalar ustida ish olib borish kabi masalalar muhokama qilindi. 

    Shuningdek, hamkorlikda  professor-o‘qituvchi va tadqiqotchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

    Muzokaralardan so‘ng delegatsiya vakillari SamDU Biokimyo instituti,  Aziz Sanjar nomidagi ilmiy laboratoriya va Muhandislik fizikasi instituti laboratoriyalari bilan tanishdi.

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.