Bugun Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti dekani, professor Subxon Abbosovning tug’ilgan kuni.
    Geografiya fanlari doktori, professor Subxon Abbosov 1961-yil Payariq tumanida tug’ilgan. 63 yoshni qarshi olgan olim 40 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
    Samarqand davlat universiteti jamoasi tug’ilgan kun sohibini samimiy muborakbod etib, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.
 
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati