Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi instituti talabasi Nafisaxon Rahmonova Birlashgan yadro tadqiqotlar instituting (BYATI, Dubna, Rossiya)  START  (Student Advanced Research Training) dasturiga qabul qilindi.  START butun dunyo bo‘ylab fan, muhandislik va IT yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan xalqaro dasturdir.

    Dasturda ishtirok etish BYATI eksperti nazorati ostida ilg‘or darajadagi tadqiqot loyihasi ustida ishlashni nazarda tutadi.

    Saralangan talabalar ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Dubna shahriga stajirovka o’tashadi. Mazkur dastur doirasida Nafisaxon Rahmonova ham fevral-mart oylari seminar treningda ishtirok etadigan bo’ldi.

    Ma’lumot uchun, talaba ayni vaqtda SamDU dotsenti Akmal Safarov rahbarligida Shveysariyaning SYeRN markazida yaratilgan GEANT4 dasturi yordamida “Izotop manbalarining gamma kvantlarning to’liq tashqi qaytish hodisasini o‘rganishda qo‘llanishini modellashtirish” mavzusi bo‘yicha izlanishlar olib bormoqda.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.