Bugun Samarqand davlat universiteti ehtimollar nazariyasi va amaliy matematika kafedrasi dotsenti Habibullo Qurbonovning tug’ilgan kuni.
    Samarqand davlat universiteti dotsenti Habibullo Qurbonov 1950-yil Urgut tumanida tug’ilgan. 74 yoshni qarshi olgan olim 51 yildan buyon bir qator tashkilot va Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
    Samarqand davlat universiteti jamoasi tug’ilgan kun sohibini samimiy muborakbod etib, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.
 
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.