Aqnazar Hasanov - Samarqand davlat universiteti differensial tenglamalar kafedrasi mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor. Olimning Scopus, Web of Science xalqaro bazalarga kiruvchi ilmiy jurnallarda 45 va respublika ilmiy jurnallarda jami 50 ga yaqin maqolalari e’lon qilingan. Shuningdek, 3 monografiya, 2 darslik va 1 o‘quv qo‘llanma muallifi. Asosiy ilmiy yo‘nalishi “Differensial operatorlar spektral nazariyasining teskari masalalari va ularning nochiziqli evolyutsion tenglamalarga tatbiqlari”ga qaratilgan. Aqnazar Hasanovning Scopus bazasidagi h-indeksi 9. Ilmiy rahbarligida 3 doktorlik va 17 nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan.