Samarqand davlat universiteti Xitoy universtetlari bilan hamkorlikni davom ettiradi…

    Pekin xalqaro tadqiqotlar universitetida O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumi boshlandi. Mazkur xalqaro forumning ochilish marosimida Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov o’zbekistonlik rektorlar nomidan nutq so’zladi.

    Forum doirasida Samarqand davlat universiteti va Shimoliy-G’arbiy politexnika universiteti o’rtasida shartnoma imzolandi. Shartnomada qisqa muddatli o‘quv kurslari, qo‘shma taʼlim dasturlari, hamkorlikda ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, xalqaro simpoziumlar, seminarlar va maʼruzalar tashkil etish belgilangan.     Shuningdek, institutsional hamkorlikni mustahkamlash, professor-o’qituvchi va talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish rejalashtirilgan.

    Forum o’z ishini davom ettirmoqda…

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.