O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Raisi
A.J.Xo‘jayevga!

Assalomu alaykum!
Hurmatli Alisher Jo‘raqulovich!
Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklayman. Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, baxt va omad, oilangizga tinchlik, xotirjamlik tilayman.

Bugungi xursandchilik kuningizda faxr-iftixor bilan taʼkidlashni istaymanki, Sizning otangiz Samarqand davlat universiteti professori, biologiya fanlari doktori Jo‘raqul Xo‘jayev butun umrini fan va taʼlim sohasiga bag‘ishlab kelmoqda. Domla respublika va xalqaro miqyosda tan olingan va eʼtirof etilgan, maktab yaratgan taniqli olimdir.

Qadrli Alisher Jo‘raqulovich!

Sizni Samarqand davlat universiteti bitiruvchisi sifatida talabalarimizga doimo o‘rnak, ibrat qilib ko‘rsatamiz. Yutuqlaringizdan, muvafaqqiyatlaringizdan quvonamiz. Bardavom bo‘lsin.

Yaratgan Siz va yaqinlaringizni panohida asrasin. Yuzingiz yorug‘ bo‘lsin...

 

Rustam XOLMURODOV,
Samarqand davlat universiteti rektori,
O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi.
Oliy Majlis Senati aʼzosi.