Bugun Samarqand davlat universiteti algebra va geometriya kafedrasi dotsenti Haydar Ro’zimurodovning tug’ilgan kuni.

    Haydar Ro‘zimurodov 1961-yil Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug‘ilgan. 63 yoshni qarshi olgan olim 42 yildan buyon Samarqand davlat univesitetida faoliyat ko'rsatmoqda. Shu kunga qadar turli lavozimlarda faoliyat yuritayotgan olimning bir qator darslik va qo’llanmalari matematika fanining rivoji uchun xizmat qilib kelmoqda.

    Universitet jamoasi bugungi qutlug‘ kun sohibini samimiy muborakbod etib, unga sihat-salomatlik, uzoq umr, tinchlik va xotirjamlik tilaydi!

 

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati