11-fevral - Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni. Shu munosabat bilan Samarqand davlat universitetida 13-fevral sanasida “Xotin-qizlarning ilm-fan taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati” mavzusidagi respublika anjumani o‘tkaziladi.

    Konferensiyaning maqsadi olima va iqtidorli xotin-qizlarning o‘rni, erishilgan ilmiy yutuqlarni muhokama qilish hamda bugungi kunda ilmiy izlanishlar olib borayotgan xotin-qizlar faoliyatini targ‘ib qilish va rag’batlantirishdan iborat.

    Mazkur anjumanda Samarqand davlat universitetining barcha talaba qizlari va professor-o’qituvchilari ishtirok etishlari mumkin.

    Qo’shimcha ma’lumot uchun SamDU olima ayollar uyushmasi raisi, ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi dotsenti Gulmira Keldiyorovaga murojaat qiling. Murojaat uchun tel.: +99897 406 52 86

 

    Samarqand davlat universiteti

     Axborot xizmati.