Bugun Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti dotsenti Najmiddin Hakimovning tug‘ilgan kuni.

    Biologiya fanlari nomzodi Najmiddin Hakimov 1938-yil Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida tavallud topgan. 86 yoshni qarshi olgan Najmiddin Hakimov zoologiya kafedrasida faoliyat olib bormoqda. 60 yilga yaqin ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatib kelgan olimning 10 ga yaqin darslik va qo’llanmalaridan tadqiqotchilar muntazam ravishda foydalanib kelmoqda.

    Samarqand davlat universiteti jamoasi bugungi kun munosabati bilan tug'ilgan kun sohibiga uzoq umr, sihat-salomatlik, mehnat va ilmiy faoliyatiga omad hamda ulkan zafarlar tilaydi.