Xislat  Haydarov   – Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti botanika kafedrasi mudiri, biologiya fanlari doktori, professor. Olimning Scopus, Web of Science xalqaro bazalarga kiruvchi ilmiy jurnallarda 42  va respublika hamda markaziy nashrlarda jami 271 ga yaqin maqola, tezislari e’lon qilingan.  Shuningdek, 3  monografiya, 4 darslik va 21 o‘quv qo‘llanma muallifi. Asosiy ilmiy yo‘nalishi o'simliklar morfologiyasi, sistematikasi, ekologiyasi, dendralogiya, palinologiya, va dorivor o'simliklar yo'nalishiga qaratilgan. OAK tassarufidagi ilmiy darajalar beruvchi kengash azosi.

    Professor Xislat Haydarov rahbarligida 1 fundamental, 2 amaliy va 1 innovatsion grantlar bajarilgan. Olimning Scopus bazasidagi h-indeksi 3.  Ilmiy rahbarligida 5 ta nomzodlik dissertatsi va 20 ga yaqin magistirlik dissertatsiyalari himoya qilingan.

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.