Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov agrokimyo va o‘simliklarni himoya qilish kafedrasi mudiri, professor Farhod Hoshimovning 80 yillik yubileyi bilan qutladi. Olimni qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha nafaqat O‘zbekistonda, balki jahon ilm fanida ham yetakchi mutaxassis, ko‘plab shogirdlarning aziz ustozi ekanligini alohida taʼkidlab, unga uzoq umr va ishlariga muvaffaqiyat tiladi.

    So‘ngra Samarqand davlat universiteti va SamDU Kasaba uyushmasining esdalik sovg‘alari topshirildi…

    Professor Farhod Hoshimov rahbarligida 6 fan doktori, 24 fan nomzodi va PhD dissertatsiyalari himoya qilingan. Olimning 10 monografiya, 4 darslik, 31 o‘quv qo‘llanmalari nashr etilgan. 400 dan ortiq maqolalari xalqaro va respublika jurnallarda eʼlon qilingan.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.