Bugun Samarqand davlat universiteti raqamli iqtisodiyot kafedrasi dotsenti Ganidjan Porsayevning tug‘ilgan kuni.

    Ganidjan Porsayev 1954-yil Samarqand shahrida tavallud topgan. 70 yoshni qarshi olgan olim 45 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli  lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

    Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi Ganidjan Porsayevni samimiy muborakbod etib, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.


Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.