Baxtiyor Ergashev – Samarqand davlat universiteti tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi professori, tarix fanlari doktori. Turkiston general-gubernatorligi mahkamasi ish yuritish hujjatshunosligi yo‘nalishida tadqiqotlar olib boruvchi yirik mutaxassis olim.

    Baxtiyor Ergashev 2 monografiya, 2 risola, 5 darslik, 6 o‘quv qo‘llanma, 6 uslubiy qo‘llanma va 120 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.

    Bugungi kunda AQSH, Germaniya, Angliya, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Tojikiston kabi davlatlarning Manbashunoslik va tarixnavislik ilmiy maktablarida Baxtiyor Ergashev tadqiqotlarining natijalaridan keng foydalaniladi.

    Olim 2 xalqaro va 2 respublika ilmiy jurnallarning tahririyat aʼzosi hisoblanadi.

    Baxtiyor Ergashev ilmiy rahbarligida 6 nomzodlik va PhD dissertatsiyalari himoya qilingan.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.