Tadbirda 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan  jamoa  shartnomasining 2023-yilgi ijrosi  yuzasidan umumiy hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada 51 nafar delegat ishtirok etdi. Anjumanni SamDU Faxriylar kengashi raisi, professor Suyun Karimov olib bordi.

    Anjuamnda SamDU boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining raisi, dotsent  Shavkat Maxmatmuradov,  yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Rustam Yo‘ldoshev va taftish komissiyasining  hisoboti tinglandi.

    Yig‘ilish ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir yakunida jamoa    shartnomasining    2023 yilgi ijrosiga qoniqarli deb baho berildi.

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.