Samarqand davlat universiteti organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi doktoranti Alisher Aslanov  “Markaziy qizilqum fosforitlaridan kompleks (N-P-S) o‘gitlar olish texnologiyasi” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda.
    Uning 10 ga yaqin maqolasi Misr, Avstraliya, Hindiston, Rossiya kabi davlatlarning  jurnal va konferensiya to‘plamlarida e’lon qilingan. Shuningdek bir maqolasi Scopus bazasiga kiruvchi jurnalda nashr etilgan. Fransiyaning Klermong Overn universitetning CAVILAM til markazida "STEM" bo‘yicha malaka oshirgan.
    Alisher Aslanov tadqiqotlarida fosforitlarni oltingugurt ishtirokida faollashtirilishi natijasida fosforning o‘simlik o‘zlashtiruvchan va oltingugurtning gidrofil (namlanuvchi) shakliga o‘tkazishning imliy asoslarini ishlab chiqqan. Olingan fosfor-oltingugurtli o‘g‘itlar o‘simliklarni oziqlantirish bilan bir vaqtda kasallik keltirib chiqaruvchi hashoratlarga qarshi kurashish xususiyatiga ega ekanligini aniqlagan. Olingan natijalar asosida “Sam FOS” OAJ ishlab chiqarish korxonasida yiriklashtirilgan tajriba sinovlaridan o‘tkazildi va ishlab chiqarishga joriy etilmoqda.

 

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.