Bedanalar boshqa parrandalarga nisbatan ko‘p miqdorda tuxum, sifatli va mazali go‘sht berish xususiyati bilan alohida o‘ringa ega. Oziq-ovqat manbai sifatida bedanadan foydalanish tovuq va boshqa parranda turlariga nisbatan ko'p afzalliklarni beradi. Uning asosiy sabablaridan biri bedana ko'p tarqalgan parranda kasalliklariga chidamligi, serhosil tuxum ishlab chiqarishi, tez voyaga yetishi va ko'payish tezligiga egaligi, kichikroq uy-joyga bo'lgan ehtiyoj va kam ozuqa iste'moli bilan hozirgi kunda ko’plab insonlarga qiziqish uyg’otmoqda.

    Kobalt, fosfor, mis, aminokislotalar va boshqa biogen elementlar ham bedana tuxumida uchraydi. Bedana tuxumi inson salomatligi uchun ajoyib oziq moddalar manbai hisoblanadi. Bedana tuxumining ozuqaviy qiymati odamlar tomonidan iste'mol qilinadigan boshqa tuxumlarga qaraganda yuqori. Bedana tuxumlari hajmi kichik bo'lsa ham, ularning ozuqaviy qiymati tovuq tuxumidan uch-to'rt baravar yuqori. Bedana tuxumini muntazam iste'mol qilish ko'plab kasalliklarga qarshi kurashish va immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradi. Ular antioksidantlar, minerallar va vitaminlarning boy manbalari bo'lib, bizga boshqa oziq-ovqatlarga qaraganda ko'proq ozuqa beradi.

    Bedana go'shtida juda ko'p miqdorda kaliy, fosfor, oltingugurt, A, D, B1 va B2 kabi noyob vitaminlarini o'z ichiga oladi. Tana vazni 90-150 gram bo'lgan bu qushlarining shifobaxsh va salomatlik xususiyatlari jihatidan bebahodir. Bedana go'shti va tuxumi hazm qilishga yordam beradi, bronxial astma, anemiya, allergiyani yengillashtiradi, tanadan radionuklidlarni olib tashlaydi, asab tizimini tiklaydi, qalqonsimon bez kasalliklarini davolaydi. Shuningdek, homilador ayollarda toksikozni kamaytiradi, erkaklarda potentsialni oshiradi, qon tomirlari va suyaklarni mustahkamlaydi, miya faoliyatini rag'batlantiradi,   qon bosimini normallashtiradi...

 

Dilshod Ergashev

Samarqand davlat universiteti

Biokimyo instituti doktoranti.