G’ozatikan - boqoq, saraton kabi kasalliklarini davolashda ishlatiladi

    Xalq tilida u g’o’za qo’ytikan, patanak deb nomlanib, yurtimizning barcha hududlarida uchraydi. Iyun-iyul oylarida gullaydi, iyul-sentyabrda meva beradi. Urug’lar yordamida ko’payadi.

    Xalq tabobatida urug’ va ildizidan tayyorlangan qaynatma dizenteriya, shirincha, siydik pufagi kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi. Butun o'simlikning qaynatmasi bo'qoq, revmatizm va shamollash, teri kasalliklariga qarshi, ter ajratuvchi, isitmani tushiruvchi va tinchlantiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Saraton kasalligini davolash uchun choy sifatida ichiladi.

    G’o’za qo’ytikan eritmasi oshqozon hazm qilish tizimini rag'batlantirish, ichak atoniyasida, oshqozon sohasi siqilish (spazm) larida, jigar shamollashdan yallig'lanishida, sariq kasalligida, o'tkir va surunkali bronxit, ko'k yo'tal, og'riqli hayz ko'rish, va boshqa holatlarda davolovchi vosita hisoblanadi. Shuningdek, ter bezlari sekretsiyasini kuchaytirishda, buyrak tosh, bo’qoq va saraton kasalliklarini davolashda ham keng qo’llaniladi.

    O’simlikning meva va urug'lari ekzema va qichishadigan dermatozlarda, hasharotlar chaqishida va falajlarni davolash uchun tavsiya etiladi. O'simlikdan olingan qaynatmasi erkaklar soqol olgandan keyin yuiga surtsa bo’ladi. Ayniqsa yuzda temiratki va husnbuzarlar bo'lsa ushbu qaynatmadan iste’mol qilish foyda beradi.

 

Bo'ston Islomov

Samarqand davlat universiteti

botanika kafedra dotsenti.