Martabali mehmonlar bilan SamDU xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor Akmal Axatov uchrashdi.

Muloqotda Samarqand davlat universitetida Yapon ta’limi va madaniyati markazi tashkil etish bo’yicha fikrlar almashildi. Shuningdek, yaponiyalik mutaxassislarni SamDU ga jalb qilishga kelishildi.

Mazkur markazning vazifasi talabalarga yapon tilini o’rgatish, Yaponiyaga o’qishini davom ettirishi uchun ko’maklashishdan iborat.

Muloqot davomida istiqbolli rejalar belgilab olindi.

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.