Samarqand davlat universitetiga italiyalik olim, Veyzmann ilmiy tadqiqot instituti professori Elisabetta Boaretto tashrif buyurdi.

    Tashrif davomida Biokimyo instituti professor-o’qituvchilari va magistrantlariga “Iqlim o’zgarishi va izotop ekologiyasi bo’yicha” seminar o’tdi. Shuningdek, SamDU botanika kafedrasi tadqiqotchilari bilan Turkiston va Nurota tog’ tizmalariga ilmiy safar uyushtirildi.  

    Ma’lumot uchun, olimning Scopus bazasida h-index 43 va iqtibosliklari 6512 tani tashkil etadi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.