Samarqand davlat universiteti Inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boshqarish instituti professor-o’qituvchilari Samarqand tuman va shahar hokimlari o‘rinbosarlariga biriktirilgan mutaxassislar uchun malaka oshirish kurslarini o’tmoqda. 
    Qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida hokimliklarning qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish hamda qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etmoqda.
    O‘quv dasturi tinglovchilarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi bilimlarni oshirishga, milliy qadriyatlarini mustahkamlashga hamda shaxsiy va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
    Ma’lumot uchun, o‘quv kurslari 2 kunga mo‘ljallangan bo‘lib, 18 soatlik dastur asosida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda jami 105 nafar mutaxassis ishtirok etishi belgilangan.

    Samarqand davlat universiteti
    Axborot xizmati.