2019-yil, 5-noyabr kuni “Texnion” – Isroil texnologiya universiteti Materialshunoslik va muhandislik kafedrasi professori, kimyo bo’yicha Nobel mukofoti laurenti Dan Shextman rafiqasi bilan SamDUga tashrif buyurdi.

  Xorijlik mehmonlarni universitet rahbariyati ehtirom bilan kutib olishdi.

  Nobel mukofoti laurenti Dan Shextman bilan SamDU Majlislar zalida esda qolarli uchrashuv tashkil etildi. Unda universitet professor-o’qituvchilar, yirik fan darg’alari, bakalavr va magistlari, ilmiy xodimlari ishtirok etdi.

  Uchrashuvda SamDU prorektori Ahmadjon Soleyev martabali mehmonga “Universitet Faxriy professori” unvoni va esdalik sovg’alarini tantanali sur’atda topshirdi.

SamDU matbuot xizmati.