Samarqand davlat universiteti rus va umumiy tilshunoslik kafedrasi
Samarqand davlat universiteti
rus va umumiy tilshunoslik kafedrasi mudiri
Abdullayeva Ra’no Xikmatovna
2012-yildan Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritib keladi. Respublika ilmiy jurnallarida 10 ga yaqin maqolalari e’lon qilingan. Shuningdek, 1 oʻquv qoʻllanma, 3 oʻquv-uslubiy qoʻllanma muallifi. 11 dan ortiq xalqaro hamda mahalliy konferensiyalarda tezislari bilan ishtirok etgan.
Scopus, xalqaro bazalarga kiruvchi ilmiy jurnallarda 2 maqolasi e'lon qilingan.
https://www.journalppw.com/public/site/images/admin_jppw/journal-img.png
http://journals.tsutmb.ru/go/2587-6953
Rus va umumiy tilshunoslik kafedrasi a’zolari
Xoshu Elmira Nebiyevna Rus va umumiy tilshunoslik kafedrasi katta o‘qituvchisi. Samarqand davlat universitetida 1972-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Elmira Xoshu oʻz faoliyati davomida respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy nashrlarda 100 ga yaqin maqolalari chop ettirgan. 10 uslubiy, 9 o‘quv qo‘llanma muallifi. Xorijiy ilmiy nashrlarda 5, boshqa ilmiy nashrlarda 70 dan ortiq maqolalar e’lon qilgan. https://doi.org/10.21070/ijccd2020631
|
|
Kim Svetlana Fedorovna
Kim Svetlana Fedorovna, katta o‘qituvchi, 1992 yildan buyon SamDU filologiya fakulteti Rus va umumiy tilshunoslik kafedrasida ishlab kelmoqda. Ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlarni olib boradi. Nashr etilgan asarlarning umumiy soni 210. Ulardan: xalqaro va xorijiy jurnallarda (Rossiya, Polsha), Oliy attestatsiya komissiyasi jurnallarida chop etilgan nashrlar – 37 ta va boshqalar. https://znanium.com/catalog/magazines/issues?ref=47f80b0f-0b53-11e9-8613-90b11c31de4c |
|
Dubrovskaya Kristina Andreevna +998937257665 tinadubrovskaya@mail.ru
2019-yildan “Ayol haqidagi gender stereotiplari dunyo lingvistik tasvirining aksi sifatida (rus va oʻzbek tillari misolida)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi ustida tadqiqot olib bormoqda. Pedagogik faoliyati davomida 30 dan ortiq milliy va xalqaro miqyosdagi nashrlarda maqolalari e’lon qilingan. 1 o‘quv-uslubiy qo‘llanma muallifi. |
|
Zubaydullayev Ibodullo Amrilloevich
Rus va umumiy tilshunoslik kafedrasi assistenti. 1 oʻquv qoʻllanma, 30 ga yaqin maqola va tezislar muallifi. Shu jumladan, Rossiya (VАК) ilmiy jurnallarda 3 maqolasi nashr qilingan. Xalqaro hamda mahalliy konferensiyalarda bir qator maqola va tezislari bilan ishtirok etgan. https://www.asu.ru/files/documents/00025497.pdf https://www.asu.ru/files/documents/00025970.pdf
|
|
Xakberdieva Sayyora Farmanovna
Rus va umumiy tilshunoslik kafedrasi assistenti. 2014-yildan buyon Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritib keladi. Faoliyati davomida respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy nashrlarda 20 ga yaqin maqolalari e’lon qilingan. Bir nechta oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar muallifi. Xalqaro, respublika ilmiy anjumanlarida faol ishtirok etib keladi.
|
|
Lipatova Yevgeniya Valentinovna Yevgeniya Lipatova 2016-yildan beri Samarqand davlat universiteti Rus va umumiy tilshunoslik kafedrasida faoliyat yuritib keladi. Bugungi kunda “Rus va o‘zbek tillarining kommunikativ idiomalari” mavzusida ilmiy tadqiqot olib boradi. Faoliyati davomida respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy nashrlarda 20 ga yaqin maqolalari e’lon qilingan. 8 oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar muallifi. Xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda faol ishtirok etadi. |
|
Kushmamatova Sitora Kaxramonovna
SamDU Rus va umumiy tilshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi, assistent. 2013-yildan buyon mazkur kafedrada ishlab kelmoqda. Frazeologiya va madaniyatlararo muloqot bilan bevosita bogʻliq boʻlgan qiyosiy tilshunoslik sohasida ilmiy tadqiqot olib boradi. Sitora Kushmamatovaning xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy jurnallarda 10 dan ortiq maqola va tezislari e’lon qilingan. |
|
Tillyayeva Malika Yuldashevna
Kafedra assistenti. 2021-yildan buyon Samarqand davlat universiteti Rus va umumiy tilshunoslik kafedrasi assistenti sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirgi kunda mustaqil izlanuvchi sifatida «Лингвокультурные особенности зооморфизма в языковой картине мира носителей русского, узбекского и таджикского языков» mavzusi ustida tadqiqot olib boradi. Malika Tillyayeva faoliyati davomida xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy nashrlarda bir nechta maqolalar e’lon qilgan. |
|
Rasulova Kamola Yunusjonovna Samarqand davlat universiteti Rus va umumiy tilshunoslik kafedrasi assistenti. Ayni paytda nomzodlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqda. Pedagogik faoliyati davomida 30 dan ortiq milliy va xalqaro miqyosdagi maqolalari nufuzli jurnallarda chop etilgan. 1 o‘quv qo‘llanma muallifi. |
|
Shcherbak Antonina Semyonovna
Antonina Shcherbak filologiya fanlari doktori, professor. 2022-yildan Rus va umumiy tilshunoslik kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. |
|
Rus tili kafedrasi tarixi Rus va umumiy tilshunoslik kafedrasi 1939-yilda tashkil etilgan. Kafedra faoliyati avvalida professor A.V. Sokolov. Rahbarligida 2 nafar dotsent, 3 o‘qituvchi. O‘tgan vaqt davomida kafedrani V.A. Krasnov (1944-1945), K.E. Gakkaev (1945-1947), S.D. Lipkin (1948-1956), professor I.M. Bagryanskiy (1956-1964), L.I. Roizenzon (1964-1977), dotsent A.G. Lomov (1977-1999), uning o‘rniga dotsent R.A. Ryasnyanskaya, dotsent X.N.Abdullaev, prof. E.A. Malinovskiy kabi olimlar mudirlik qilgan. Professor Malinovskiy rahbarligida kafedrada beshta hududiy ilmiy konferensiyalar o‘tkazildi. Kafedra a’zolari muntazam ravishda turli ilmiy konferensiyalarda qatnashib keladilar: Xalqaro slavyanlar kongressi (2008-yil – Malinovskiy E.A.), Frazeologiya bo‘yicha xalqaro konferensiya (Germaniya, Polsha, Rossiya, 2004-2008, Malinovskiy E.A.), MAPRYAL (Malinovskiy E.A., Babaxo‘jayev A.B.) orqali. Denisenko O.A., Ryasnyanskaya R.A., Abdullaev X.N., Barsikyan S.A. 2010-2014) kabilar shular jumlasidan. 2016-yildan hozirgi kunga qadar kafedraga katta o‘qituvchi Kristina Dubrovskaya mudirlik qilib kelmoqda. Kafedra bugungi kunga dunyoning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik qiladi. Kafedraning 3 nafar o‘qituvchisi Boshqird davlat universitetining aspirantura bosqichiga o'qishga kirgan. |
|
2021-yilda ikkita kafedra - rus tilshunosligi va rus tili kafedralari birlashtirilib, fakultetlararo rus tili kafedrasi deb nomlandi. Bugungi kunda kafedrada 29 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda, ulardan 2 nafari professor, filologiya fanlari doktori – Malinovskiy E.A. va Tambov shahridan taklif etilgan mutaxassis Antonina Shcherbak va 3 nafar dotsent (To‘raxo‘jaeva R.K., Zikratov V.V. – Oltoy o‘lkasidan taklif etilgan mutaxassis, Usmanova S.Yu.), 10 nafar katta o‘qituvchilar. Kafedra professor-o‘qituvchilari turli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ma’ruzalar o‘qiydi, magistrlik dissertatsiyalari va bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qiladi, iqtidorli talabalar bilan muntazam ravishda ishlaydi, ularning ilmiy maqolalarini respublika va xalqaro miqyosdagi turli to‘plamlarda nashr etib keladi. Kafedrada o‘qitiladigan fan dasturlari: Bakalavr: 1. 60230101 – Filologiya va til o‘qitish (rus tili) 2. 5120100 – Filologiya va til o‘qitish (rus tili) 3. 5112500 - Chet til guruhlarida rus tili Magistratura: 4. 70230101 - Tilshunoslik (rus tili) |
Kafedra hayotidan fotolavhalar