Samarqand davlat universiteti amaliy psixologiya kafedrasi
Samarqand davlat universiteti
amaliy psixologiya kafedrasi mudiri
Kodirov Obid Safarovich
+998902705702 obid.kodirov.79@mail.ru
Obid Kodirov psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori. 2012-yildan buyon Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritib keladi. 2022-yildan psixologiya kafedrasi mudiri. 2020-yilda “O‘smirlarda (11-15 yosh) jinoyat motivlari shakllanishining psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi” mavzusida psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. Faoliyati davomida 1 darslik, 1 monografiya, 2 o‘quv qo‘llanma va 2 uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, bugunga qadar Scopus, Web of Science va boshqa nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallarda 2 hamda boshqa nashrlarda 40 dan ortiq ilmiy maqolalari e’lon qilingan.
https://bilig.academiascience.org/index.php/isepsmj/article/view/845/771
https://bilig.academiascience.org/index.php/isepsmj/article/view/852/777
Psixologiya kafedrasi a’zolari
Suyunov Ochil Jumaboyevich Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. SamDU psixologiya kafedrasida 2021-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1992-yilda “Politexnik ta’lim o‘rta maktabda fizikani o‘rganish omili sifatida” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ochil Suyunov faoliyati davomida 1 darslik, 9 o‘quv qo‘llanma, 1 monografiya, 6 risola, 160 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr ettirgan. 5 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda ilmiy maqolalari e’lon qilingan. |
|
Abdurasulov Rustam Abduraimovich Psixologiya fanlari doktori, professor. 2024-yil noyabr oyidan SamDU amaliy psixologiya kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2018-yilda “Sport mashg’ulotlarining o’quvchi-sportchilar shaxsini shakllanishidagi roli (yakkakurash turlari misolida)” mavzusida doktorlik dissertasiyasini himoya qildi va fan doktori ilmiy darajasiga erishdi. 100 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlari e’lon qilingan. 3 o’quv qo’llanma va 3 monografiya, 17 metodik qo’llanma muallifi. |
|
![]() |
Shonazarov Asror Maxmaisoyevich Psixologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent. SamDU amaliy psixologiya kafedrasida 2020-202- oʻquv yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2022-yilda “Umumuy oʻrta taʼlim maktabi direktorlarining ijtimoiy-psixologik kompetentligini takomillashtirish” mavzusida PhD dissertatsiyasini himoya qilgan. 1 darslik, 6 o‘quv qo‘llanma, 1 monografiya, 1 oʻquv-uslubiy qoʻllanma, 1 risola, 150 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr ettirgan. |
Ummatova Sitora Shavkatulloyevna Psixologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent. SamDUda 2018-yildan buyon amaliy psixologiya kafedrasida faoliyat yuritib keladi. 2022-yil "Rashk fenomenining oilaviy munosabatlaridagi gender va yosh farqlari" mavzusida PhD dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2 monografiya, 1 o’quv qo’lanma 2 uslubiy ko’rsatma, muallifi. 2 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalari e’lon qilingan. |
|
Baxramova Abira Abdullayevna SamDUda 1993-yildan buyon katta o’qituvchi lavozimida ishlab keladi. 6 o’quv uslubiy qo’llanma, 2 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda va 50 dan ortiq xalqaro jurnallarda maqolalar nashr ettirgan. |
|
Djuraqulova Dilfuza Farxadovna Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. SamDU psixologiya kafedrasida 2004-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2023-yilda “Shaxsda aybdorlik hissi namoyon bo’lishining psixologik xususiyatlari” mavzusida PhD dissertatsiyasini himoya qilgan. 1 darslik, 2 o’quv qo’llanma, 1 uslubiy qo‘llanma, 1 monografiya, 50 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.. |
|
Eshmanov Otabek Baxriddin o'g'li Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Samarqand davlat universitetida 2022-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. “Stress holatining o'smir yoshdagi sportchilar faoliyatiga psixologik ta'siri” mavzusida psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Otabek Eshmanov o‘z faoliyati davomida OAK e’tirof etgan 10 dan ortiq xalqaro va 5 dan ortiq ilmiy-amaliy anjumanlarda qatnashib, yuqori nufuzga ega bo‘lgan xorijiy jurnallarda ilmiy maqola chop ettirgan. |
|
Nasimov Sadriddin Xo’razboyevich Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. SamDU amaliy psixologiya kafedrasida 2013-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2024-yilda “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini maktabga adaptatsiyasining ijtimoiy – psixologik xususiyatlari” mavzusida PhD dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 1 uslubiy qo‘llanma, 1 monografiya, 25 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr ettirgan. 2 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda ilmiy maqolalari e’lon qilingan. |
|
Saydullayev Djamoliddin Yaxshiboyevich Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). SamDU amaliy psixologiya kafedrasida 2024-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2024-yilda "Talabalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari" mavzusida PhD dissertatsiyasini himoya qilgan. 20 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. |
|
![]() |
Islamova Dilafruz Bo’stonovna Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). SamDU amaliy psixologiya kafedrasida 2024-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2024-yilda "Tutingan oilalar va bolalar ijtimoiy psixologik moslashuvining ijtimoiy etnik xususiyatlari" mavzusida psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 20 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr ettirgan. |
Kuchiboyev Shavkat Avazovich SamDU amaliy psixologiya kafedrasida 2020-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. “O’sprinlarda huquqiy madamiyatni shakillantirishning psixologik mixanizimlari” mavzusida izlanish olib bormoqda. 20 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr ettirgan. |
|
![]() |
Yuliya Nikolayevna Gut Psixologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 2023-yil oktyabr oyidan boshlab SamDU psixologiya kafedrasida ishlaydi. “O'spirinlarning deviant xatti-harakatlarining shaxsiy va neyropsikologik shartlari” mavzusida PhD dissertatsiyasini himoya qilgan. 1 metodik qo'llanma muallifi. 1 maqolasi Scopus ma'lumotlar bazasiga kiritilgan jurnallarda chop etilgan. |
Ochilov Shohruh G‘ayratovich SamDU Amaliy psixologiya kafedrasida 2023-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. “Globallashuv jarayonida o‘smirlarni jismoniy zo‘ravonliklardan himoya qilishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusida izlanish olib bormoqda. 20 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr ettirgan. |
|
Ulmasova Lolita Vladimirovna 2024-yildan beri Samarqand davlat universiteti amaliy psixologiya kafedrasida faoliyat yuritadi. "Virtual jamoalarda emosional intellekt va onlayn-yetakchilikning o‘ziga xos xususiyatlari" mavzusida izlanish olib bormoqda. 20 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr ettirgan. |
|
Isroilov Faxriddin O’skin o’g’li SamDU amaliy psixologiya kafedrasida 2024-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 20 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr ettirgan. |
|
![]() |
Amaliy psixologiya kafedrasi haqida
Samarqand davlat universiteti amaliy psixologiya kafedrasi 2024-yilda tashkil etilgan. 2020-yilda umumiy psixologiya, 2022-yilda psixologiya deb nomlangan edi. Hozirgi kunda kafedrada asosiy shtatda 17 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi. Ulardan 1 nafari fan doktori (DSc), professor; 1 nafar xorijlik fan nomzodi, professor; 9 nafar psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 1 nafari katta o‘qituvchi va 5 nafari assistentlardan iborat. Jamiyat taraqqiyotida o‘z hissalarini qo‘shib kelayotgan oliy ma’lumotli mutaxassislar qatorida, jumladan, Samarqand davlat universiteti psixologiya yo‘nalishidan yetishib chiqqan psixologlar ham qariyib 80 yil davomida ijtimoiy hayotda xizmat qilib kelishmoqda. Universitetda psixologiya fani taraqqiyotiga hissa qo‘shgan olimlar – Sulton Rahimov (“Abu Ali ibn Sinoning pedagogik qarashlari”), Gavhar Yormuhammedova (pedagogik psixologiya), Musa Xalilov (“Talabalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish”), Tamara Abayeva (oila psixologiyasi), Ninel Grigoreva, Damir Rabbimov (psixologiya tarixi), Zebo Ibragimova (psixologik xizmat), Zulayho Hasanova (“Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarida oila motivasiyasi”) hamda bugungi kunda ham ushbu fan yo‘lida izlanishlar olib borayotgan inson ruhiyati bilimdonlari Xolboy Ibragimov, Abduhalim Abduahadov, Sobir Musinov, Musharraf Saloxutdinova, Azamat Saidov, Obid Qodirov, Fazilat Quchqorova, Ruxshona Musinova, Muxtasam Sulaymonov va Abira Baxramovalar universitetning “Psixologiya” yo‘nalishini hozirgi vaqtda-yiliga 100-150 nafar psixolog mutaxassislar bitirishlariga asosiy bilimlar berib kelishmoqda. |
![]() |
Universitetda 20 yildan buyon psixologiya bakalavriat yo‘nalishi mavjud. Yo‘nalish bitiruvchilari jamiyat ishlab chiqarishining turli sohalarida – ta’lim, sog‘liqni saqlash, ichki ishlar idoralari, madaniyat, ommaviy axborot vositalari, sport, savdo va boshqa sohalarda psixolog mutaxassis sifatida faoliyat yuritishmoqda. So‘nggi yillarda kafedrada 25 dan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib, talabalarga ta’lim, ma’naviy tarbiya berish, bitiruvchilar monitoringini olib borish va jamoatchilik faoliyatlari – ommaviy tadbirlarda faol ishtirok yetib kelishmoqda. Kafedrada 2013-yili “Psixologik markaz” o‘quv-ilmiy laboratoriyasi tashkil yetilgan. Unda asosan psixologik xizmat, psixologik maslahat, psixoprofilaktika, psixodiagnostika ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Kafedraning hamkorlik aloqalari. Bugungi kunda respublikamizdagi yetakchi OTMlari psixologiya kafedralari hamda xorijiy davlatlar psixologiya ilmiy tadqiqot institutlari, jumladan, Moskva psixoanaliz instituti vakili psixologiya fanlari nomzodi, Federal davlat ilmiy tashkiloti Rossiya ta’lim akademiyasi psixologiya instituti katta ilmiy xodimi, dotsent Tatyana Popova bilan “Konsultativ psixologiya imkoniyatlari: Art-terapiya misolida” mavzusi bo‘yicha vebinar darslar hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, Qozon federal universiteti psixologlari bilan ilmiy hamkorlik mavjud. |
![]() |
Xalqaro aloqalar bo‘yicha 2022-yilda kafedra mudiri dotsent Obid Qodirov tashabbusi bilan psixologiya kafedrasi Ozarbayjon Respublikasi Boku davlat universitetining psixologiya kafedrasi o‘rtasida ilm-fan, ta’lim va madaniyat sohalaridagi hamkorlik va o‘zaro aloqalarni mustahkamlash to‘g‘risidagi hamkorlik memorandumi imzolangan. Respublikamizdagi yetakchi OTMlari psixologiya kafedralari, O‘zbekiston Milliy universiteti, Qarshi davlat universiteti, Jizzax davlat pedagogika universiteti, Buxoro davlat universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bilan ilmiy-amaliy hamkorlik o‘rnatilgan. Kafedra viloyatda yagona psixologik xulosa berish vakolatiga ega tashkilot sifatida davlat organlariga ishga kirishga nomzod shaxslarga tavsifnomalar beradi, sud-psixologik ekspertizalar o‘tkazadi hamda Samarqand viloyatining barcha tumanlari va Samarqand shahrida psixoprofilaktik ishlarni olib borishda barcha tashkilotlarga yaqindan yordam beradi. |
![]() |
Kafedrada o‘qitiladigan fan dasturlari Bakalavr
|
![]() |
|
![]() |
|
![]() |
|
![]() |
• Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya
• Rivojlantiruvchi treninglar
• Salomatlikning ijtimoiy psixologiyasi
• Sotsial psixologik trening
• Sotsial psixologiya
• Sport psixologiyasi
• Stress psixologiyasi
• Sudga oid psixologiya yekspertizasi
• Tashkilotlarda psixologik xizmat
• Testologiya
• Tibbiyot psixologiyasi
• Umumiy psixodiagnostika
• Umumiy psixologiya
• O‘smirlik davri psixologiyasi
• Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi
• Eksperemental psixologiya
• Etno va din psixologiyasi
• Yuridik psixologiya
Magistratura
Psixologiya (faoliyat turlari bo'yicha)
|
Kafedra hayotidan fotolavhalar