Samarqand davlat universiteti intellektual tizimlar va

kompyuter texnologiyalari fakulteti talabasi,

“Kelajak bunyodkori” medali, sohibasi, yosh tadbirkor

Nilufar Omonovaga!

    Sizni bugungi tavallud kuningiz  bilan Samarqand davlat universiteti jamoasi nomidan samimiy muborakbod etaman.

    Vatan ravnaqi va taraqqiyoti uchun asosiy tayanch bo‘layotgan yoshlarning  vakili sifatida olib borayotgan faoliyatingiz tahsinga sazovor.

    Samarqand davlat universiteti Siz kabi intiluvchan va iqtidorli talabasi bilan faxrlanadi.

    Yuqori salohiyatli, ziyoli va bilimli yoshlar har jabhada biz uchun kuch-qudrat manbai bo‘lib xizmat qiladi. Bu borada muhtaram  Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu-intilishlari, ilg‘or g‘oya va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, iqtidorli yigit-qizlarning o‘z sohasida, jamoat ishlarida erishayotgan yutuqlarini munosib rag‘batlantirishga katta ahamiyat berilmoqda.

    Samarqand davlat universitetining 6 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. Ular orasida Sizning borligingizni  alohida ta’kidlashni istayman.

    Sizni dunyoga keltirgan ota-onangizga, ustozlaringizga minnatdorlik bildiraman.

    Samarqand davlat universitetida tahsil olib, dasturlash va axborot texnologiyalariga qiziquvchi yoshlarga ta’lim berish, dasturchi qizlar faoliyatini rivojlantirish borasidagi ishlaringiz  yoshlarimiz uchun munosib ibratdir.    

    Sizni tavallud ayyomingiz bilan yana bir bor tabriklab, mustahkam sog‘lik, o‘qish va ishlaringizga muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilayman!

 

Rustam XOLMURODOV,

Samarqand davlat universiteti rektori,

O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi,

Oliy Majlis Senati a’zosi.