Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchi va talabalariga “Miya saratonini davolashning innovatsion usullari” mavzusida  ma’ruza o‘qidi...

    Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov tadbirni ochar ekan, Nobel mukofoti laureati Aziz Sanjarning ma’ruzasida qatnashish Samarqand davlat universiteti talabalari uchun muhim tarixiy voqea ekanligini ta’kidladi:

    - Bugun Samarqand davlat universitetida Turk dunyosining faxri va g‘ururiga aylangan, taniqli olim, Nobel mukofoti laureatining ilmiy ma’ruzasi unda ishtirok etayotgan har bir tinglovchi uchun manfaatli bo‘lishiga ishonaman…

    Turkiyaning TUBITAK fondi prezidenti Hasan Mandal so‘zga chiqib, bugungi ilm-fan bayrami bilan tadbir ishtirokchilarini tabrikladi.

    Nobel mukofoti laureati, professor Aziz Sanjar nomidagi stipendiya sovrindorlariga guvohnoma va medallarni shaxsan Aziz Sanjarning o’zidan qabul qilib oldi. 

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati.

    Shavkat Akramov olgan suratlar.