O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi, Samarqand davlat universiteti professori Muslihiddin Muhiddinovning    ““Xamsa”lardagi birinchi dostonlarning qiyosiy tahlili” nomli o’quv qo’llanmasi nashr etildi.

    Ushbu o’quv qo’llanmada Sharq mumtoz she’riyatida juda katta o’rin tutgan xamsanavislik an’analari qalamga olinar ekan, to’rt buyuk daho – Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviy, Abdurhmon Jomiy va Alisher Navoiy “Xamsa”larining ilk dostonlari qiyosiy tahlil qilinadi. Ushbu dostonlarda komil inson tasviri talqin mavzusining markaziga qo’yilgan holda mazkur to’rt ijodkorning o’xshash va farqli tomonlari teran yoritib beriladi.

    O’quv qo’llanmadagi tahlillar va bu daholarning inson masalasiga yondashuvlari, ular ilgari surgan tamoyillar va g’oyalar bugun ham dolzarbligini yo’qotmaganini ko’rsatadi.

    

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati.