Samarqand davlat universitetiga Vladivostok davlat universiteti rektori Tatyana Terentieva boshchiligida delegatsiya tashrif buyurdi.  Mehmonlar bilan SamDU xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor, professor Akmal Axatov uchrashuv o’tkazdi.

    Muzokaralarda tomonlar o’rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, professor-o'qituvchi va talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish, ilmiy loyihalarni hamkorlikda bajarish ishlari kelishib olindi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.