Bugun Samarqand davlat universiteti botanika kafedrasi katta o’qituvchisi Zeboxon Rasulovaning tug’ilgan kuni.

    Zeboxon Rasulova 1967-yilda tug’ilgan. 56 yoshni qarshi olgan olim 30 yildan buyon samarali mehnat qilib kelmoqda. 

    Samarqand davlat universiteti jamoasi tug’ilgan kun sohibini bugungi qutlug’ sana munosabati bilan muborakbod etib, uzoq umr, sihat-salomatlik, xotirjamlik tilaydi. 

    Samarqand davlat universiteti 
    Faxriylar kengashi.