Samarqand davlat universitetiga Polshaning Lyublin texnologiya universiteti professori Marek Milosh va Yurek Montusevichlar tashrif buyurdi. Mehmonlar bilan Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov uchrashuv o’tkazdi.

    Muzokaralar davomida hamkorlikda amalga oshirilayotgan Madaniy meros obyektlarini 3D raqamlashtish ishlari tahlil qilinib, kelajakdagi istiqbolli rejalar belgilab olindi.

    Samarqand davlat universiteti va Polshaning Lyublin texnologiya unversiteti hamkorligida madaniy meros obyektlarini 3D raqamlashtish 2015-yildan boshlab amalga oshirib kelinmoqda. Tadqiqot natijasida SamDU  olimlari Polshada tajriba almashish imkoniyatiga ega bo’lish bilan birga mavzuga oid 10 ga yaqin xalqaro konferensiyalarda ishtirok etib kelmoqda. Shuningdek, bugungi kunga qadar Samarqanddagi muzey va noyob tarixiy obidalar: Registon, Shohi-Zinda, Amir Temur maqbarasi, Ulug‘bek rasadxonasi, Afrosiyob muzeyida yodgorliklar 3D raqamlashtirildi.

    Olimlar 2019-yilda Polsha hamkorlik Milliy Agentligining “3D digital SilkRood” loyihasi uchun grantini qo’lga kiritdi.  

    Mazkur loyihaga muvofiq 5 ilmiy ekspeditsiya: Toshkent, Samarqand, Urganch, Xiva, Chirchiq, Buxoro shaharlarida  tashkil etildi. Bundan tashqari 4 xalqaro konferensiya, 4 seminar-trening, 2 virtual ko‘rgazma, 4 fotoko‘rgazma tashkil etildi. 25 ilmiy maqolalar, 5 ilmiy monografiya e’lon qilindi.

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati.

  Shavkat Akramov olgan suratlar.