Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi (IWF) tomonidan eʼlon qilingan Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari yangilangan reytingiga koʻra, SamDU talabalari Sharofiddin Amriddinov, Hojiakbar Olimov, Og’abek To’xtayev hamda Og’abek Napasovlar yurtimiz bo’yicha Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etishga nomzod bo’lgan 16 sportchilar roʻyxatidan o’rin olgan.

    O’zbekiston og’ir atletika federatsiyasi matbuot xizmati xabar  qilishicha, Osiyo chempionati yakunlangandan keyin eʼlon qilingan reytingga ko’ra, Sharofiddin Amriddinov 27-oʻrinda bo’lsa, Ogʻabek Nafasov, Ogʻabek Toʻxtayev, Hojiakbar Olimovlar oʻz vaznlari bo’yicha Parij-2024 pogʻonasidan oʻrin olgan.

    Shuningdek, Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi Olimpiya saralash tizimiga muvofiq, sportchilar Parij-2024 da ishtirok etish uchun kelgusida ikkita majburiy hamda beshtadan uchta ixtiyoriy xalqaro musobaqada qatnashishi kerak boʻladi. Bu joriy yil 2-17-sentyabr kunlari Saudiya Arabistonida oʻtadigan Jahon chempionati va keyingi yil aprel oyida Tailand mezbonligidagi Jahon kubogi sanaladi.

    Ma’lumot uchun, Parij-2024 Olimpiadasining beshta ixtiyoriy musobaqalaridan biri boʻlgan Osiyo chempionati aynan kelgusi yil 20-27-fevral kunlari Toshkentda o’tkazilishi belgilangan.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.