Samarqand davlat universiteti matematika fakulteti dekani, fizika-matematika fanlari doktori Muhiddin Mo’minov hamda professor Kodakkal Kannan Viswanathanlar Xitoyning Renmin universitetida bo’lib turibdi.

    Olimlarning tashrifdan asosiy maqsadi Renmin universiteti matematika instituti bilan anglashuv memorandumini imzolash, hamkorlikda ilmiy loyihalar bajarish, xalqaro grant va tadqiqotlar olib borish masalalarini muhokama qilish.

    Muhiddin Mo’minov Renmin universiteti matematika instituti direktori, professor Zheng Zhiyong bilan uchrashib, yuqoridagi masalalar bo’yicha kelishib oldi.     Shuningdek, tomonlar o’rtasida hamkorlik memorandumini imzoladi.

 

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati.