Bamiya ko’p yillik o‘simlik bo‘lib, asosan Osiyo, Afrika va Amerika hamda Janubiy Yevropada ekiladi. Tashqi ko’rinishida go’za o’simligiga o’xshaydi. Bamiya mevalari tarkibida uglevod, oqsil, moy, temir, kalsiy, tola, tiamin, ikotinamid, riboflavin va askorbin kislotasi mavjud.

    Bamiyani nafaqat sabzavot ekini sifatida, balki quritilgan urug‘lari sabzavotli tvorogni tayyorlash uchun ishlatilishi mumkin yoki qovurilgan va maydalangan urug‘lardan qahva o‘rnini bosuvchi vosita sifatida ishlatish mumkin. Bamiyaning yetilgan mevalari va poyasidan qog‘oz sanoatida ishlatiladigan xom tolalar mavjud. Sanoatda bamiya mevalari tarkibidagi shilimshiq moddalar qog‘ozlarni yopishtirish uchun ishlatiladi. Shuningdek, qandolat mahsulotlarini tayyorlash uchun foydali bioabsorbent kabi vositalar olinadi. Bamiya poyasidan tola olish maqsadida ham yetishtiriladi.

    Bamiyaning texnik yetilgan mevalarini qaynatib, qovurib, dudlab boshqa sabzavotlar bilan pishirib yoki o‘zini ham iste’mol qilsa bo‘ladi. Bundan tashqari bamiyadan turli xildagi konservalar tayyorlash mumkin. Bamiya juda ham foydali sabzavot bo‘lib, mevasi tarkibida shifobaxsh vitamin va minerallar mavjud.

    Uning mevasini doimiy ravishda iste’mol qilinishi natijasida:

  • mevasi tarkibida shilimshiq moddalar ko‘p bo‘lganligi sababli oshqozon ichak kassaliklarini davolaydi;
  • yurak qon tomirlarini mustahkamlaydi. Gipertoniyaga qarshilikni kuchaytiradi. Qon aylanish tizimini bir me’yorda bo‘lishini ta’minlaydi;
  • nerv faoliyatini yaxshilaydi, undagi magniy elementi asab tizimini mustahkamlaydi;
  • qondagi qand miqdorini pasaytiradi;
  • mevasi va urug‘lari erkaklarda bepushtlikni davolovchi vosita sifatida ishlatiladi;
  • Qandli diabetni oldini oladi;
  • Yaralarni davolashda va gemaroyni oldini olishda ishlatiladi;
  • Gipertoniyaga qarshilikni kuchaytiradi;
  • Ortiqcha toksin va shlaklardan tozalaydi;
  • Ortiqcha vazndan xalos bo’lishda samarali foyda beradi;
  • Suyaklarni mustahkamlaydi;
  • Astma xurujlarini kamaytiradi;
  • Terining sog’lig’ini yaxshilaydi;
  • Tamoq og’rig’i va yo’talni kamaytiradi;
  • Ko’rishni yaxshilaydi;
  • Saratonga qarshi xususiyatlarga ega;
  • Yurak kasalligi xavfini pasaytiradi.

    Ma’lumot uchun, Bamiya o’simligi O’zbekistonga endi kirib kelmoqda...

Munira Ahadova

Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti magistranti.