Goji o’simligi Xitoyning Tibet tog`larida tarqalgan dorivor o’simlik. Tibbiyotda asosan uning mevalaridan foydalaniladi. Bu meva xalq orasida “qizil olmos”, “yoshlik eliksiri” nomlari bilan mashhur. Buning asosiy sababi o’simlik tarkibidagi foydali moddalar konsentratsiyasining yuqori ekanligida.  O’simlikdan ko’z ko’rishini yaxshilashda, ko’z kasalliklarini davolashda, jigar, buyrak kasalliklarida, kamqonlik, stressda, qon bosimini oshishida, yurak qon-tomir kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Shuningdek, hozirgi kunda ko’payib borayotgan qandli diabet, rak kasalliklarini davolash va oldini olishda samarali ekanligi isbotlangan. Ayniqsa, ayollar orasida antioksidantlik xususiyati tufayli qarishni oldini oluvchi, ozdiruvchi va ajinlarga yo’qotuvchi vosita sifatida juda qadrlanadi.

Nodira Nurullayeva

Samarqand davlat universiteti

botanika kafedrasi o’qituvchisi (PhD)