Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov tashabbusi bilan Samarqand shahridagi “Yoshlar balansi” da ro’yxatda turuvchi 58 nafar yigit-qizlar holidan doimiy xabar olinmoqda..

    Yoshlar bilan muloqotda ularning qiziqishi, muammo va kamchiliklari o’rganilib, bartaraf etish bo’yicha yordam va tavsiyalar berilmoqda.

    “Bog’u Temur” mahallasida yashovchi, 11-sinf o’quvchisi Nasiba Inoyatullayeva va “Bekho” mahallasidagi Umida Shodiyeva bilan suhbatlashilganda tikuvchilikka qiziqishi borligi va tikuv mashinalari yo’qligini bildirgan edi.

    SamDU rektori tomonidan ushbu qizlarga tikuv mashinasi topshirildi. Sovg’ani SamDU yoshlar bilan ishlash bo’yicha birinchi prorektori Shahzoda Negmatova taqdim qildi.

    “Botir Zokirov” mahallasida yashovchi Sadoqat Tilovova, Sohibjon A’zamov, Akmaljon Sultonov bilan uchrashilganda moddiy yordam va zamonaviy planshetga ehtiyoji borligini bildirishgan. SamDU o’quv ishlari bo’yicha prorektori Rustam Yo’ldoshev universitet tomonidan ajratilgan moddiy yordam va planshet sovg’alarini topshirdi.

    Ahmad Yassaviy  mahallasida istiqomat qiluvchi Mirjamol Marupov bilan suhbatlashilganida san’atga qiziqishini bildirgan. Shuningdek, ovoz kuchaytirish mosalamasi va mikrafonga ehtiyoji borligini aytgan. SamDU ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Hakim Xushvaqtov universitet tomonidan ajratilgan mikrofonli magnitafonni sovg’a qildi.

    - Tikuvchilik kasbiga qiziqaman. Uyda eski mashina bilan kiyim-kechak va shunga o’xshash narsalarni tikaman, - deydi Umida Shodiyeva. - Yaxshiroq mashina olishga biroz qiynalayotgan edim. Prezident Shavkat Mirziyoyevga rahmat, doim biz yoshlar bilan birga, biz haqimizda qayg’uradi. Bizning muammo va kamchiliklarimizni o’rganish uchun SamDU rahbariyatini biriktirgan. Universitet vakillari men bilan doim suhbatlashib, kerakli tavsiya va yordamlarini berishmoqda. Tikuv mashinasi so’rgan edim, yaxshisidan sovg’a qilishdi. Endi tikuv ishlarimni qilishga qiynalmayman. Barcha tashkilotchilardan minnatdorman.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati