Bugun Samarqand davlat universiteti matematik modellashtirish kafedrasi dotsenti Sayfiddin Amriddinovning tavallud topgan kuni.

    Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Sayfiddin Amriddinov Samarqand shahrida tug’ilgan. 80 yoshni qarshi olgan olim 60 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

    Samarqand davlat universiteti jamoasi Sayfiddin Amriddinovni samimiy muborakbod etib, ijodiy ishlariga muvaffaqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.

 
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati