Samarqand davlat universiteti o'zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, professor Ibodullo Mirzayev hamda dotsentlar Maftuna Ubaydullayeva, Ma'mura Narziyevalarning "Qisqacha maktab etimologik lug'ati" nashr etildi. 

    "Qisqacha maktab etimologik lug'ati" o'zbek tilshunosligida SamDU o'zbek tili va adabiyoti kafedrasi olimlari tomonidan  dastlabki tajriba sifatida yaratildi. Lug'at hozirgi maktab darsliklarida keng qo'llanadigan fan, texnika, san'at, madaniyat, din sohalariga oid mingga yaqin so'z va so'z birikmalarini o'z ichiga oladi. Bu sohalarga oid terminlarning izohi bilan yaqindan tanishgan o'quvchilar terminlari o'z o'nida qo'llay olish ko'nikmalariga ega bo'ladilar. Bu lug'atning afzalligi shundaki, har bir fan sohasida uchraydigan terminlarning izohi hamda tarixiy kelib chiqishi haqida keltirilgan ma'lumotlar o'quvchi ongida uzoq saqlanib qolishini ta'minlaydi. Lug'atda maktabda o'qitiladigan ona tili, matematika, biologiya, musiqa, tarix, huquq va shu kabi fanlarga doir terminlarning etimologiyasi hamda izohi berilgan. Keltirilgan izohlar misollar bilan boyitilgan. Lug'at maktab o'quvchi va o'qituvchilari, oliy ta'lim talabalari, pedagog xodimlar va barcha qiziquvchilarga mo'ljallangan.

    Samarqand davlat universiteti
     Axborot xizmati.