Bugun Samarqand davlat universiteti tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi dotsenti Shamsiddin Yo'ldoshevning tavallud topgan kuni.

    Iqtisodiyot fanlari nomzodi Shamsiddin Yo'ldoshev 1962-yil Samarqand shahrida  tug’ilgan. 61 yoshni qarshi olgan olim,  35 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
    Samarqand davlat universiteti jamoasi tug’ilgan kun sohibini samimiy muborakbod etib, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.
    

    Samarqand davlat universiteti
    Axborot xizmati.