Germaniyaning Marburg universiteti katta ilmiy xodimi (PhD) Sharof Xudoyberdiyev Samarqand davlat universiteti professor-o’qituvchi, tadqiqotchi va magistrlariga seminar o‘tdi.

    Sharof Xudoyberdiyev, Germaniyaning Marburg universiteti katta ilmiy xodimi (PhD):

    - Samarqand davlat universiteti mening alma materim. 2003-yilda bakalavr va 2005-yilda magistraturani tamomlaganman. Bu yerda olgan bilimlarim sabab hozirgi darajaga erishdim. Bugun fakultet faoliyati bilan tanishdim, butunlay o’zgargan. Yangi binolarning barpo etilganligi, zamonaviy va qimmatbaho laboratoriyalarning borligi meni juda xursand qildi. Hozirda men ishlayotgan Germaniyaning Marburg universitetidagi ilmiy muhitni his qildim. Marburgda qilinishi lozim bo’lgan tadqiqotlarni SamDU da ham olib borish mumkin. Bu professor-o’qituvchi, tadqiqotchi va magistrant, talabalar uchun zo’r imkoniyat. Men o’qigan davrda bu kabi sharoitlar mavjud emasdi. SamDU bilan hamkorligimiz doimiy davom etadi…

    - Bugungi seminar manfaatli bo’ldi, - deydi SamDU biologiya fakulteti dekani o’rinbosari Sardor Narzullayev. – Sharof Xudoyberdiyevning ilmiy faoliyatini kuzatib boramiz, talabalarimiz bilan onlayn ma’ruzalar va taqdimotlar o’tkazadi. Bir qator magistrant va tadqiqotchilarimizga ilmiy maslahatchi va rahbarlik qilmoqda.  Seminarda ilmiy bazalar bilan ishlash va ilmiy maqolalarni tayyorlash, manbalardan foydalanish, xalqaro grantlarni qo’lga kiritish bo’yicha foydali ma’lumotlarga ega bo’ldik. Ayniqsa xorij tajribasi biz uchun juda qiziq. O’ylaymanki, bu kabi muloqotlar boshlanishi. Qiziqarli seminar uchun Sharof Xudoyberdiyevga minnatdorlik bildiramiz.

   Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati,

    Shavkat Akramov olgan suratlar