Mazkur sana munosabati bilan erta tongdan universitet jamoasiga bayram dasturxoni yozildi. Universitet xiyobonida sayl o’tkazilib turli xil tanlovlar, sport o’yinlari, san’at ko’rgazmalari namoyish etildi. Kuy-qo’shiqlar ijro etildi.

    Shuningdek, klub va to‘garaklar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda har bir fakultet jamoalari ushbu ko’rgazmalari bilan jamoatchilikni tanishtirdi.

    Ko‘rgazmalar davomida klub va to‘garaklarga universitetning ko‘plab talabalari a’zo bo‘lishdi.

    Ushbu bayramda O‘zbekiston Qahramoni, O‘zRFA V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori, akademik Shavkat Ayupov, AQSH ning Dallasdagi Texas universiteti Nanotexnologiya instituti direktori o‘rinbosari, ITMO universiteti gibrid nano fotonika hamda optoyelektronika laboratoriyasi mudiri, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Anvar Zohidov, Astronomiya instituti direktori, akademik Shuhrat Egamberdiyev, Boku davlat universiteti rektori, professor Elchin Babayev, Xitoy fan va texnologiya universiteti professori Shi Yunli, Janubiy Koryeaning Yonsey universiteti professori Eun Hee Lee kabi mashhur olimlar ishtirok etdi.

    - Samarqand davlat universiteti kuni 3 yildan beri nishonlanadi. Bugun barcha professor-o’qituvchi va talabalar juda xursand, - deydi SamDU matematika fakulteti talabasi Habibullo Jalilov. – Sayl ko’tarinki ruhda o’tmoqda. Har bir fakultet o’zining ko’rgazmalari bilan chiqish qilgan. Ushbu tadbirda SamDU da tahsil olayotgan xorijlik talabalar ham ishtirok etmoqda. Ularning ham kayfiyati chog’. Men Samarqand davlat universitetida o’qiyotganligim bilan faxrlanaman. Barchaga bugungi kun muborak bo’lsin.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.